O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari OIIB delegatsiyasi bilan uchrashib, infratuzilma loyihalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Davlat sektori bilan ishlash departamenti bosh direktori Syaoxun Yan rahbarligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Delegatsiya tarkibiga katta maslahatchi Jonatan Kamkvalala, O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi Aleksey Shevchenko, shuningdek, OIIBning boshqa mas’ul vakillari qatnashdi. O‘zbekiston tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Nodir Xodjamov va boshqalar ishtirok etdilar.
Muzokaralar davomida tomonlar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi joriy infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish chora-tadbirlari, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildi.
Shuningdek, muhokamalarda suv infratuzilmasini modernizatsiyalash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va suv ta’minoti tizimlarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish va hamkorlikning belgilangan yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqishga tayyorliklarini tasdiqladi.