Valyuta kurslari 22/09/2025
$1 – 12349.87
UZS – 0,29%
€1 – 14524.68
UZS – -0,38%
₽1 – 148.15
UZS – -0,07%
Qidirish
O‘zbekiston-Iordaniya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Iordaniya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Iordaniya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 21-sentabr kuni Amman shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Iordaniy Hoshimiylar Podshohligi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev hamda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi tashqi ishlar va muhojirlar masalalari vazirining birinchi o‘rinbosari Dayfulloh Ali Al-Fayez rahbarlik qildi.

Muzokaralarda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning mamlakatimizga ilk oliy darajadagi tashrifi ikki tomonlama hamkorlikda yangi bosqichni boshlab bergani alohida ta’kidlandi. 

Tomonlar tashrif yakunlari bo‘yicha imzolangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikning shartnoma-huquqiy bazasini kengaytirish va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Iqtisodiy diplomatiya, jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiy munosabatlarni diversifikatsiya qilish, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish istiqbollari, ta’lim, ilm-fan, turizm sohalaridagi hamkorlik, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi aniq masalalar muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling