Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
O‘zbekiston «INNOPROM. Belarus» ko‘rgazmasi doirasida o‘zining agrar salohiyatini namoyish etdi

O‘zbekiston «INNOPROM. Belarus» ko‘rgazmasi doirasida o‘zining agrar salohiyatini namoyish etdi

O‘zbekiston «INNOPROM. Belarus» ko‘rgazmasi doirasida o‘zining agrar salohiyatini namoyish etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  Joriy yilning 29-sentabridan 1-oktabrigacha Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazilayotgan “INNOPROM. Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy paviloni o‘zining yorqin ishtiroki bilan alohida e’tibor qozondi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘rgazmada alohida stend bilan qatnashib, mamlakatimizda yetishtirilgan sarxil meva-sabzavot va poliz ekinlari — anor, uzum, xurmo, qovun, tarvuz, shuningdek, quritilgan va sublimatsiya qilingan mahsulotlar, qayta ishlangan sanoat tovarlari hamda vinochilik sohasidagi yutuqlarini namoyish etdi.

Ko‘rgazma ochilish marosimida “Made in Uzbekistan” milliy paviloniga yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurdilar. Ular orasida O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Bosh vazirlari ham bor edi. Mehmonlar o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini tatib ko‘rib, ularning sifati va tabiiyligini yuksak baholadilar. Shuningdek, ular bugungi kunda O‘zbekiston agrar tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot oldilar.

Minskdagi “BELEXPO” ko‘rgazma markazida 20 ming kvadrat metr maydonda tashkil etilgan mazkur anjumanda Rossiya, Belarus, O‘zbekiston va boshqa davlatlardan 510 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda.

O‘zbekiston pavilonida Belarus va boshqa MDH davlatlarining yetakchi kompaniyalari bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi. Jumladan, Belarusning “FruitReal”, “BelExport”, “Minskiy zavod igristix vin”, Rossiyaning “Rusagromarket” va “SolomonFood” kompaniyalari bilan O‘zbekistonning “Shato Sogdiana”, “Hamkor Group” hamda “Sulton Sharob” korxonalari o‘rtasida quritilgan meva-sabzavotlar va vino xomashyosi bo‘yicha qariyb 3 million dollarlik kelishuvlar imzolandi.

Bu hamkorliklar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro bozorlarda keng targ‘ib etish, ularning sifatini jahon andozalari darajasida tanitishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling