Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekiston ilk bor Parijdagi COSMETIC 360 ko‘rgazmasida o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda

O‘zbekiston ilk bor Parijdagi COSMETIC 360 ko‘rgazmasida o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda

O‘zbekiston ilk bor Parijdagi COSMETIC 360 ko‘rgazmasida o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 15-16 oktyabr kunlari O‘zbekiston birinchi marta o‘z milliy stendi bilan xalqaro kosmetika va innovatsiyalar ko‘rgazmasi "COSMETIC 360" tadbirida ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma Parijdagi mashhur Luvr majmuasining “Les Salles du Carrousel” ko‘rgazma zalida bo‘lib o‘tmoqda.

Fransiyaning Cosmetic Valley klasteri tomonidan tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbir har yili kosmetika sanoatidagi ilg‘or texnologiyalar, barqaror yechimlar va yangi ilmiy yondashuvlarni namoyish etadi.

Joriy yilgi anjuman “Predictions” shiori ostida o‘tkazilib, sohadagi sunʼiy intellekt, biotexnologiya va ekologik innovatsiyalar mavzulariga bag‘ishlandi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Yevropa Komissiyasi va Fransiya hukumati vakillari, Cosmetic Valley rahbariyati hamda yirik xalqaro kosmetika kompaniyalari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Nodir G‘aniyev O‘zbekiston stendi bilan tanishib, mamlakatimizda kosmetika sanoatini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi ishlar haqida so‘z yuritdi.

O‘zbekiston stendida mahalliy kompaniyalar ishlab chiqqan tabiiy xomashyolarga asoslangan kosmetik vositalar, barqaror qoplamalar uchun yechimlar, shuningdek, bakteriyafag asosida ishlab chiqilgan innovatsion mahsulot taqdim etildi.

Mazkur mahsulot teri salomatligini qo‘llab-quvvatlashning biotexnologik yechimi sifatida xalqaro ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekistonning COSMETIC 360 ko‘rgazmasidagi ishtiroki milliy kosmetika sanoatini jahon miqyosida targ‘ib etish, investitsiyalarni jalb qilish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish sari muhim qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling