Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O'zbekiston hududlari va Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayoni o'rtasida ipakchilik sohasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

O'zbekiston hududlari va Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayoni o'rtasida ipakchilik sohasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

O'zbekiston hududlari va Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayoni o'rtasida ipakchilik sohasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari amaliy safar bilan Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayonida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Safarlar davomida Guansi-Chjuan avtonom rayoni va yirik korxonalar rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazildi. Muzokaralar davomida O'zbekiston hududlari bilan o'rnatilgan munosabatlarni amaliy jihatdan yangi bosqichga ko'tarish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va ta'lim yo'nalishlaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O'zbekiston "Ipaksanoat" uyushmasi, ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot instituti rahbariyati va Guansi ipakchilikni rivojlantirish tashkiloti o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda O'zbekistonda ipak qurti ozuqa bazasi sifati va hosildorligini oshirish, naslli urug'chilikni rivojlantirish, qo'shma tadqiqotlar o'tkazish, soha mutaxassislarini malakasini oshirish kabi dasturlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 "CAEXPO" ko'rgazmasi maydonida O'zbekiston milliy mahsulotlari pavilyoni tashkil etildi. O'zbekistonning milliy hunarmandchilik, va to'qimachilik mahsulotlari namoyishi, yurtimizning eksport va turizm salohiyatiga bag'ishlab bezatilgan pavilyon Xitoy tomoniga katta qiziqish uyg'otdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling