Valyuta kurslari 12/03/2026
$1 – 12135.76
UZS – -0,18%
€1 – 14067.77
UZS – -0,7%
₽1 – 153.40
UZS – -0,38%
Qidirish
O‘zbekiston hududida Afg‘onistondagi zilzila sezildi

O‘zbekiston hududida Afg‘onistondagi zilzila sezildi

O‘zbekiston hududida Afg‘onistondagi zilzila sezildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 2026 yil 20 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:09:58 da Afg‘oniston hududida magnitudasi 6 ball bo‘lgan, 76 km chuqurlikda zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzilaning epitsentri Bag‘lon viloyatida qayd etildi (35,8 N, 69,37 E koordinatalar). Epitsentrdan Toshkent shahrigacha bo‘lgan masofa janubi-sharq yo‘nalishida 608 kmni tashkil etdi.

O‘zbekiston hududida seysmik faollik Surxondaryo viloyatida 2–3 ball kuchida, epitsentrdan 246 km masofada, shuningdek Qashqadaryo viloyatida 2 ball darajasida, 464 km masofada sezildi.

Jabrlanganlar va vayronalar haqida maʼlumot kelib tushmagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling