Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
O'zbekiston harbiylari Uelsda o'tkazilgan "Kembriya patruli –2025" xalqaro musobaqasida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi

O'zbekiston harbiylari Uelsda o'tkazilgan "Kembriya patruli –2025" xalqaro musobaqasida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi

O'zbekiston harbiylari Uelsda o'tkazilgan "Kembriya patruli –2025" xalqaro musobaqasida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 4-7-oktyabr kunlari O'zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Uelsda (Buyuk Britaniya) o'tkazilgan "Kembriya patruli" xalqaro harbiy musobaqalarida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Musobaqalarda Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Pokiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va boshqa 30 dan oshiq davlatlardan 150 dan ortiq jamoa qatnashdi. Ular 70 kilometrdan ortiq masofani bosib o'tish, yo'nalishning turli joylarida kimyoviy va biologik tahdid sharoitida harakat qilish, tabiiy va sun'iy to'siqlardan o'tish, mudofaa va hujum operatsiyalarini amalga oshirish hamda murakkab joylarda yo'nalishni topish kabi jangovar vazifalarni bajardilar.

O'zbekiston qurolli kuchlari jamoasi yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik, professionalizm va jamoaviylikni namoyish etib, o'z guruhida 26 jamoa orasida birinchi o'rinni egalladi. Ular barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tib, marshrutni birinchilar safida yakunladilar.

Umumiy natijalarga ko'ra, O'zbekiston jamoasi kumush medalga sazovor bo'ldi.

Ta'kidlash joizki, britaniyalik va boshqa harbiy mutaxassislar O'zbekiston harbiy xizmatchilarining tayyorgarlik darajasini yuksak baholab, ularning jangovar vazifalarni bajarishdagi mukammal ko'nikmalarini va mahoratini alohida ta'kidladilar.

"Kembriya patruli" 60 yildan buyon har yili o'tkazilib kelinadi va dunyo bo'ylab harbiylar orasida jangovar sharoitlarda chidamliligini sinovdan o'tkazish va o'zaro tajriba almashish uchun xizmat qiladi. Unda ishtirokchi bo'linmalar 48 soatdan kamroq vaqt ichida 70 km masofani bosib o'tib, ko'plab harbiy manyovrlar va patrullik vazifalarini bajaradilar. Mashg'ulotlar Uelsning tog'li va botqoq, o'tish qiyin bo'lgan hududlarida tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling