O‘zbekiston-Gruziya: agrar ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i T. Atakulov Gruziyada bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida u Gruziya texnika universiteti rahbariyati bilan uchrashib, qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
Muzokaralar natijasida Toshkent davlat agrar universiteti va Gruziya texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, QS xalqaro reytingining Top-1000 taligiga kiruvchi Gruziya texnika universiteti bilan uzumchilik sohasi bo‘yicha magistratura darajasida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etiladi.
Ushbu tashabbus xalqaro tajriba asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion izlanishlarni rivojlantirish hamda ikki oliygoh o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.