O'zbekiston Gollandiyaning TASHGEN investitsiya xoldingi bilan hamkorlikni muhokama qildi

O'zbekiston Gollandiyaning TASHGEN investitsiya xoldingi bilan hamkorlikni muhokama qildi

O'zbekiston Gollandiyaning TASHGEN investitsiya xoldingi bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev “TASHGEN B.V.” kompaniyasi direktori va aksiyadori Berkin Imer bilan uchrashdi.

Niderlandiyaning Amsterdam shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “TASHGEN B.V.” kompaniyasi energetika sohasidagi investitsiya xoldingi bo‘lib, kogeneratsiya loyihalari hamda issiqlik ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirishga ixtisoslashgan.

Muzokaralar davomida tomonlar investitsiya va energetika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollarini muhokama qildilar. Qo‘shma loyihalarning samaradorligini oshirish va sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekiston energetika sektorining barqaror rivojlanishi uchun zamonaviy energiya tejamkor yechimlarni joriy etish muhimligini qayd etdilar. O‘zaro aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling