O‘zbekiston global gender tengligi reytinglarida yuqorilamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Global gender tafovuti" indeksining 2025 yilgi hisobotiga ko‘ra, jahon bo‘yicha gender tenglik darajasi 68,8% ni tashkil etdi.
O‘zbekiston ushbu indeksda 148 davlat orasida 0,678 ball bilan 110-o‘rinni egalladi. Taʼlim (0,998), sog‘liqni saqlash (0,955) va siyosiy vakolat (0,202) sohalari yuqori baholangan.
Markaziy Osiyo miqyosida O‘zbekiston siyosiy vakolat subindeksi bo‘yicha 89-o‘rindan 82-o‘ringa ko‘tarilib, 20% dan yuqori natija qayd etgan mamlakatlar qatoriga kirdi. Bu siyosiy sohada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini ko‘rsatadi.
Eng yuqori natijalarga ega davlatlar qatorida Islandiya, Finlyandiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya Top-5 likni egalladi. Bu holat gender tengligini taʼminlash borasida yetakchi mamlakatlar mavjudligini va global miqyosda sezilarli siljishlar kuzatilayotganini ko‘rsatadi.