O‘zbekiston Geologiya vazirligi IGA bilan geotermal energetikani rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kon-geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari International Geothermal Association (IGA) vakillari bilan uchrashdi.
Dastlab IGA vakillari tomonidan tashkilot faoliyati, uning asosiy maqsad va vazifalari haqida taqdimot namoyish qilindi. Delegatsiya vakillari IGA tomonidan amalga oshirilgan geotermal energiya loyihalari, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berishdi.
O‘z navbatida, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari geotermal energetika yo‘nalishida respublika hududida yetarli imkoniyatlar mavjudligi hamda mazkur yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.