Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 27/05/2025 O‘zbekiston fuqarolariga Ulsan shahrida E-7 vizasi orqali ishlash imkoniyati yaratildi

O‘zbekiston fuqarolariga Ulsan shahrida E-7 vizasi orqali ishlash imkoniyati yaratildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston fuqarolari uchun Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida E-7 vizasi orqali ishlashning yangi imkoniyati yaratildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbari o‘rinbosari Matlab Kuranov boshchiligidagi ishchi guruh Janubiy Koreyaning Ulsan shahar hokimi Kim Du Gyom bilan uchrashdi.

Unda ikki mamlakat o‘rtasida sanoat sohasidagi tajriba almashinuvi, mehnat migratsiyasi yo‘nalishidagi hamkorlik va kelgusidagi loyihalar muhokama qilindi.

Suhbatda, Ulsan shahar hokimi joriy yil mart oyida ish boshlagan Farg‘ona shahridagi “Ulsan kasb-hunarga o‘qitish markazi"da tahsil olayotgan 105 nafar fuqarolarning iyul oyidagi bitiruvlaridan so‘ng, qisqa muddatda “Hyundai” kompaniyasida bandligini taʼminlanishini aytib o‘tdi.

"Endilikda o‘zbekistonliklarga Ulsan shahar hokimiyati to‘g‘ridan to‘g‘ri E-7 vizasini berishi mumkin. Koreya hukumati tomonidan bizga berilgan vakolat doirasida fuqarolaringizni mamlakatimizning eng sanoatlashgan provinsiyasida malakali mutaxassis sifatida kutib qolamiz.

Yagona talabimiz qonunchiligimizga rioya qilishsa bas, oilaviy kelib E-7 vizasi bilan ishlashlari mumkin", - Ulsan shahar hokimi Kim Du Gyom.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling