Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
O'zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga mavsumiy ishlarga jalb etilishi mumkin

O'zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga mavsumiy ishlarga jalb etilishi mumkin

O'zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga mavsumiy ishlarga jalb etilishi mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vazirligining Jidda va Makka shaharlari boshqarmasi rahbari Abdulloh bin Abdurahmon Ismoil bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, O'zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ishga joylashtirish, ish beruvchi kompaniyalar bilan aloqalar o'rnatish va boshqa masalalar ko'rib chiqildi. 

 Saudiya vakili Jidda va Makka hududlarida vaqtincha ishlayotgan O'zbekiston fuqarolarining soni juda kamligini ma'lum qildi.

Suhbatdoshlar vatandoshlarimizni Saudiya Arabistonida mavsumiy ishlarga joylashtirish taklifini qo'llab-quvvatladilar. Xususan, qurilish-muhandislik sohasi va Haj mavsumida qassoblarni jalb qilish masalasini o'rganishga kelishib oldilar.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vazirligi, ish beruvchi kompaniyalar, mamlakatimiz Bosh konsulxonasi, O'zbekiston Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil va unda yurtimizdan mavsumiy ishchilarni jalb etish masalalarini muhokama qilish yuzasidan ahdlashib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling