O'zbekiston fuqarolari Novosibirsk shahridan Vatanga qaytarildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxona hamda Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan hamyurtimiz va uning ikki farzandi Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Novosibirsk shahrida og'ir moddiy ahvolga tushib qolgan ushbu oilaga konsullik hujjatlari rasmiylashtirilib, ularga moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatildi.
Bosh konsulxona tomonidan ularning O'zbekistonga qaytishi uchun tegishli sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan aviachiptalar sotib olingan.
Ushbu chora-tadbirlar Yangi O'zbekiston tashqi siyosatida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyatga ega ekanining yana bir bor tasdig'idir.
Yurtimizning hech bir fuqarosi e'tiboran chetda qolmaydi va Vataniga yetib olishi uchun barcha tegishli choralar ko'riladi.