O'zbekiston Fors ko'rfazi mamlakatlari bilan hamkorlikni muhokama qildi

O'zbekiston Fors ko'rfazi mamlakatlari bilan hamkorlikni muhokama qildi

O'zbekiston Fors ko'rfazi mamlakatlari bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yilning 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlati, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Kuvayt Davlatining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar asosiy mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling