Valyuta kurslari 04/03/2026
$1 – 12209.86
UZS – 0,16%
€1 – 14170.76
UZS – -0,93%
₽1 – 157.53
UZS – 0,03%
Qidirish
O'zbekiston Fors ko'rfazi arab davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Qatar Davlati va O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston bilan Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni rivojlantirish, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling