Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekiston Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi Belgiyaning Bio-Sourcing kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 15 oktyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov video-konferens aloqa vositasi orqali Belgiyaning “Bio-Sourcing” kompaniyasi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlari, mahsulotlarga ilmiy yondashuvi hamda farmatsevtika sohasidagi ilg‘or texnologiyalari haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston farmatsevtika bozorining istiqbollari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Muzokaralar chog‘ida texnologiya transferi asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yangi avlod mahsulotlarini ishlab chiqish hamda ularni mahalliy ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish bo‘yicha istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Ushbu yo‘nalishlarda amaliy takliflarni ishlab chiqish va kelgusi bosqichda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling