Valyuta kurslari 10/02/2026
$1 – 12320.34
UZS – 0,14%
€1 – 14614.39
UZS – 0,73%
₽1 – 159.36
UZS – -0,25%
Qidirish
O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Xitoy kompaniyasi BeOne Medicines bilan hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Xitoy kompaniyasi BeOne Medicines bilan hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Xitoy kompaniyasi BeOne Medicines bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 9 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoy Xalq Respublikasining "BeOne Medicines" kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek klasterni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida atroflicha maʼlumot taqdim etildi.

Shu bilan birga, investorlar va hamkorlar uchun belgilangan huquqiy, institutsional hamda moliyaviy preferensiyalar, infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash choralari, davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga berilayotgan imtiyozlar hamda eksportga chiqish jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq mexanizmlar muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni amaliy bosqichga o‘tkazish yo‘nalishlarini belgilash va kelgusidagi muloqotlar davomida texnik-tahliliy masalalarni batafsil muhokama qilishga kelishib oldilar.

Shuningdek, delegatsiya “Grand Pharm Logistics” korxonasi faoliyati bilan tanishib, kompaniyaning logistika tizimi, mahsulotlarning saqlash va tarqatish jarayonlari hamda mahalliy va xalqaro bozorlarga xizmat ko‘rsatish salohiyatini ko‘zdan kechirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling