Valyuta kurslari 19/02/2026
$1 – 12132.48
UZS – -0,04%
€1 – 14360.00
UZS – -0,14%
₽1 – 159.09
UZS – 0,61%
Qidirish
O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Ukrainaga tegishli Sona Pharmexim kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Ukrainaning “Sona Pharmexim” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda kompaniyaning Estoniya, Qozog‘iston va Ukrainadagi filiallari rahbarlari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida farmatsevtika sohasida hamkorlik istiqbollari, Yevropa kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishi, litsenziyalash va kontrakt asosida ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya vakillari mamlakatimizda sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilgan zamonaviy infratuzilmani yuqori baholadilar.

Shuningdek, onkologik dori vositalari, oftalmologiya mahsulotlari distributsiyasi, tibbiy kosmetika ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar logistika va saqlash infratuzilmasi masalalari yuzasidan fikr almashib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling