Valyuta kurslari 19/02/2026
$1 – 12132.48
UZS – -0,04%
€1 – 14360.00
UZS – -0,14%
₽1 – 159.09
UZS – 0,61%
Qidirish
O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi tibbiy texnika sohasida A Group Electronics kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “A Group Electronics” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududida amalga oshirilayotgan loyihalar, investitsiya imkoniyatlari hamda tibbiy texnika ishlab chiqarish istiqbollari haqida atroflicha fikr almashdilar.

Kompaniya tomonidan tibbiy uskunalar ishlab chiqarish sohasidagi tajriba va salohiyat, shuningdek, O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.

O‘z navbatida, Agentlik tomonidan klasterda yaratilgan sharoitlar, infratuzilma va davlat qo‘llab-quvvatlash choralari haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tibbiy texnika sohasida uzoq muddatli sheriklikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling