Valyuta kurslari 16/06/2025
$1 – 12760.21
UZS – 0,43%
€1 – 14704.87
UZS – 0,0%
₽1 – 160.08
UZS – 0,55%
Qidirish
Iqtisod 13/06/2025 O‘zbekiston Estoniya va Slovakiya bilan xalqaro avtomobil transportini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazdi

O‘zbekiston Estoniya va Slovakiya bilan xalqaro avtomobil transportini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12-iyun kuni videokonferens-aloqa shaklida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Estoniya hamda O‘zbekiston – Slovakiya qo‘shma komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.

Muzokaralar davomida tomonlar 2025-yil uchun tranzit ruxsatnoma blankalarini almashish kvotasini belgilab olishdi. Milliy tashuvchilar tomonidan tegishli ruxsatnoma blankalari ishlatib bo‘lingandan so‘ng qo‘shimcha ravishda almashish bo‘yicha kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling