Valyuta kurslari 17/03/2026
$1 – 12091.22
UZS – 0,08%
€1 – 13844.45
UZS – 0,05%
₽1 – 149.16
UZS – -0,85%
Qidirish
O‘zbekiston Eron xalqiga gumanitar yordam yubordi

O‘zbekiston Eron xalqiga gumanitar yordam yubordi

O‘zbekiston Eron xalqiga gumanitar yordam yubordi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston hukumati Eron xalqiga gumanitar yordam yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Gumanitar yuk tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlari — un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yog‘i, konservalar, shuningdek dori vositalari va tibbiy anjomlar kiritilgan. Barcha materiallar Eron hududiga yetkazib berildi va tegishli idoralarga topshirildi.

Insonparvarlik yuklarini qabul qilib olishda Eronning Daregaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xuroson Razaviy viloyatidagi idorasi rahbari, vazir maslahatchisi Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtaba Ruzbexani ishtirok etdi.

Rasmiylar ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirib, ushbu tashabb O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stlik, o‘zaro yordam va hamkorlik anʼanalarini aks ettirishini taʼkidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling