Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
O‘zbekiston elchixonasi Rossiyadagi qonunchilik o‘zgarishlaridan keyin haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha vaziyatni tushuntirdi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiyadagi qonunchilik o‘zgarishlaridan keyin haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha vaziyatni tushuntirdi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiyadagi qonunchilik o‘zgarishlaridan keyin haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha vaziyatni tushuntirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning Rossiyada endilikda faqat davlat tili rus tili bo‘lgan mamlakatlarning haydovchilik guvohnomalari amal qiladi, degan bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Foydalanuvchilar bu munosabat bilan o‘zbekistonlik fuqarolar Rossiyada o‘z haydovchilik guvohnomalaridan foydalana olmay qolishi va imtihonlarni noldan qayta topshirishiga to‘g‘ri keladi, degan taxminlarni ilgari surdilar.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi amaldagi rus qonunchiligi doirasida xorijiy haydovchilik guvohnomalari RF hududida shaxsiy maqsadlarda transport vositalarini boshqarish uchun amal qilishda davom etishini maʼlum qildi.

Shu bilan birga, professional faoliyat — taksi sohasida ishlash, yuk va yo‘lovchi tashish kabi xizmatlar uchun belgilangan tartibda imtihondan o‘tib, rossiyalik haydovchilik guvohnomasini olish talab etiladi.

«O‘zbekiston elchixonasi Rossiya idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib, fuqarolarning huquq va manfaatlariga taalluqli barcha o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida axborot berib boradi», — deya taʼkidladi diplomatik vakolatxona.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling