Valyuta kurslari 09/10/2025
$1 – 12072.03
UZS – 0,28%
€1 – 14016.83
UZS – -0,2%
₽1 – 148.01
UZS – 0,95%
Qidirish
O'zbekiston elchisi Iroq Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekiston elchisi Iroq Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekiston elchisi Iroq Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Iroqda yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Al-Kuvayt shahrida joylashgan) Ayubxon Yunusov ushbu mamlakat Prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tantanali marosimdan so'ng bo'lib o'tgan muloqot avvalida Iroq Prezidenti Adullatif Rashid O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan xalqaro tadbirlar doirasida bo'lib o'tgan suhbatlarini iliq taassurotlar bilan yodga oldi.

Suhbat yakunida Prezident Adullatif Rashid O'zbekistonning Iroqdagi elchisi tayinlanganligi munosabati bilan tabriklab, uning mas'uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o'tamiz, Ayubxon Yunusov 2024 yil 6 fevral kuni O'zbekistonning Kuvaytdagi elchisi sifatida Al-Kuvayt shahriga tashrif buyurgan edi.

Kuvaytga tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, "Al-Azhar" universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.

2003 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Emiratidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling