Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
O'zbekiston elchisi Gretsiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekiston elchisi Gretsiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekiston elchisi Gretsiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Afina shahrida O'zbekistonning Gretsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev Gretsiya davlat rahbari Konstantinos Tasulasga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Marosim chog'ida Gretsiya Respublikasi Prezidenti Konstantinos Tasulas yangi elchilarni samimiy tabriklab, ularga faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, elchilarning ikki va ko'p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qo'shishiga umid bildirdi.

Bo'lib o'tgan qisqa suhbat chog'ida Konstantinos Tasulas dunyoda geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda O'zbekiston rahbariyatining muvozanatli diplomatiyasi mintaqaviy barqarorlik va xalqaro ishonchni mustahkamlashga muhim hissa qo'shayotganini alohida ta'kidladi.

Gretsiya yetakchisi O'zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko'tarilganini alohida qayd etdi. Mamlakatlarimiz o'rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilayotganini bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling