Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
O'zbekiston eksport salohiyatini rivojlantirishni ser Chakrabarti bilan muhokama qildi

O'zbekiston eksport salohiyatini rivojlantirishni ser Chakrabarti bilan muhokama qildi

O'zbekiston eksport salohiyatini rivojlantirishni ser Chakrabarti bilan muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24-oktabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi ser Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

Suhbatda mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha yo‘nalishlar - mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini kuchaytirish, tashqi savdoni kengaytirish va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Mahsulotlarning xorijiy bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash, logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda xorijdagi O‘zbekiston elchixonalari bilan hamkorlikni faollashtirish orqali mahalliy mahsulotlarni targ‘ib qilish va xorijiy kompaniyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Moliya bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘llab-quvvatlash choralarining, jumladan, maslahat xizmatlari, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish, sertifikatlash va marketing faoliyatini kuchaytirishning ahamiyati qayd etildi. Bularning O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni nuqtayi nazaridan ham muhimligi ta'kidlandi.

Ser Suma Chakrabarti amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini yuqori baholab, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni targ‘ib qilish zarurligini ta’kidladi. Tomonlar eksport infratuzilmasini rivojlantirish va xorijdagi savdo maslahatchilari bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling