Valyuta kurslari 12/03/2026
$1 – 12135.76
UZS – -0,18%
€1 – 14067.77
UZS – -0,7%
₽1 – 153.40
UZS – -0,38%
Qidirish
O‘zbekiston EITI tashabbusiga qo‘shilish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston EITI tashabbusiga qo‘shilish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston EITI tashabbusiga qo‘shilish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 12-mart kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova, “NKMK” AJ va vazirlikning maʼsul xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti va uning ekspertlari guruhi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning Qazib olish sanoatining shaffofligi tashabbusiga (EITI) ehtimoliy qo‘shilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdilar.

S.Chakrabarti Kon-geologiya vazirligi tomonidan O‘zbekistonning EITI tashkilotiga ehtimoliy qo‘shilishi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar doirasida ko‘rsatilgan hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, mazkur masalaga hukumat rahbariyati darajasi qiziqish bildirilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda keyingi qadamlarni belgilab olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling