Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekiston Dushanbeda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mintaqaviy forumda ishtirok etdi

O‘zbekiston Dushanbeda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mintaqaviy forumda ishtirok etdi

O‘zbekiston Dushanbeda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mintaqaviy forumda ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Botir Kudratxodjayev Markaziy Osiyo mamlakatlarining favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining navbatdagi mintaqaviy forumida ishtirok etdi. 

Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida oʻtkazilgan ushbu yuqori darajadagi forum davomida axborot almashish mexanizmlari, transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelganda oqibatlarini bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtirish hamda iqlim va ekologik tahdidlar kuchayayotgan sharoitda hamkorlikni mustahkamlash masalalarni muhokama qilindi.

Ushbu tadbir doirasida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Botir Kudratxodjayevning BMTning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha boshqarmasi Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy ofisi rahbari hamda Qizil Xoch va Qizil Yarimoy jamiyatlari xalqaro federatsiyasining Markaziy Osiyo boʻyicha mamlakatlar klasteri delegatsiyasi rahbari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari oʻtkazilib, hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qoʻmitasi raisi bilan boʻlib oʻtgan, ikki tomonlama uchrashuvda 2026–2027-yillarga moʻljallangan hamkorlikdagi qoʻshma rejalar imzolandi.

Albatta bu Markaziy Osiyo davlatlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridan hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling