Valyuta kurslari 13/11/2025
$1 – 11972.35
UZS – -0,15%
€1 – 13852.01
UZS – -0,1%
₽1 – 147.52
UZS – -0,02%
Qidirish
O‘zbekiston diplomlarni tan olish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston diplomlarni tan olish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston diplomlarni tan olish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 25 noyabrda Parij shahrida qabul qilingan Oliy taʼlim sohasidagi malakalarni tan olish to‘g‘risidagi Global konvensiyani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni imzoladi.

Hujjat milliy taʼlim tizimlarining xalqaro integratsiyasini yana-da mustahkamlash va turli davlatlarda olingan malakalarni tan olish bo‘yicha yagona qoidalarni yaratishga qaratilgan.

Konvensiya taʼlim hujjatlarini umumiy tan olishni taʼminlaydi hamda diplomlar, sertifikatlar va boshqa malaka hujjatlarini akademik va kasbiy tan olish tartibini soddalashtiradi.

Oliy taʼlim sohasida BMT doirasida qabul qilingan ilk xalqaro bitim sanalgan mazkur Global konvensiya taʼlim hujjatlarini adolatli va oshkora baholashning universal mexanizmlarini belgilaydi.

U mintaqalararo akademik mobillikni rivojlantirishga, talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning erkin harakatlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi, malakalarni tan olishning umumiy tamoyillarini mustahkamlaydi hamda mamlakatlar o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling