Valyuta kurslari 13/03/2026
$1 – 12102.39
UZS – -0,27%
€1 – 13990.36
UZS – -0,55%
₽1 – 153.08
UZS – -0,21%
Qidirish
O‘zbekiston diplomati “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati Kotibiyati bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Sian shahrida O‘zbekiston diplomati Nurali Irzayev “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati Kotibiyati bosh kotibi o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

U shu kunga qadar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nurali Irzayev Navoiy shahrida tug‘ilgan, 43 yoshda. 2005-yilda Toshkent davlat universitetini “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan.

2005-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, vazirlik markaziy apparatida va Pekindagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatida turli lavozimlarda ishlagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling