Valyuta kurslari 28/08/2025
$1 – 12412.98
UZS – 0,47%
€1 – 14386.64
UZS – 0,01%
₽1 – 154.28
UZS – 0,23%
Qidirish
Iqtisod 28/08/2025 O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga safari — qishloq tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga safari — qishloq tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Qurbonov rahbarligida O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurdi.

Safar davomida delegatsiyaning asosiy maqsadi – Germaniyada yo‘lga qo‘yilgan biznes-inkubatorlar faoliyati, murabbiylik tizimi va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash tajribalarini o‘rganib, ularni mamlakatimiz amaliyotiga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.

Myunxen shahrida delegatsiya Bavariya Sharq-G‘arbiy Biznes Forum (OWWFB) hamda uning xalqaro biznes rivojlantirish va strategiya bo‘yicha vakili Mursal Noorzay bilan uchrashuv o‘tkazdi.

OWWFB 2016 yilda Myunxenda tuzilgan bo‘lib, Bavariya va Sharqiy Yevropani bog‘laydigan biznes maydoni hisoblanadi. U 1968 yildagi OWWC va 1991 yilda tashkil etilgan DOM tashkilotlari birlashishi natijasida paydo bo‘lgan. Bugungi kunda forum Yevropa va qo‘shni mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik va tajriba almashishda muhim maydon sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Uchrashuv chog‘ida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, eksport salohiyatini oshirish, kundalik isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishda Germaniya tajribasini joriy etish masalalari muhokama etildi.

OWWFB tomonidan taqdim etilgan ilg‘or tajribalar O‘zbekiston qishloq tadbirkorligi rivojiga qo‘shiladigan muhim qadam sifatida baholandi.

Uchrashuv yakunida seminarlar tashkil etish, tajriba almashish hamda Germaniyalik murabbiylar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling