Valyuta kurslari 17/11/2025
$1 – 12039.61
UZS – 0,45%
€1 – 13992.43
UZS – 0,5%
₽1 – 149.17
UZS – 0,21%
Qidirish
O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro xitoy tili konferensiyasida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro xitoy tili konferensiyasida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro xitoy tili konferensiyasida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya "2025 World Chinese Language Conference" tadbirining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda Xitoy Bosh vaziri o'rinbosari Ding Suyesyang, Xitoy ta’lim vaziri Xuay Szinpin, Ozarbayjon, Gruziya, Tailand, Moldova, Gana va Venesuela kabi 10 dan ortiq mamlakatlar ta’lim vazirlari, shuningdek, Kambodja, Saudiya Arabistoni, Kipr, Kuba, Braziliya va boshqa mamlakatlardan ta’lim vazirlari o‘rinbosarlari hamda dunyoning 160 dan ortiq mamlakatidan jami 2000 nafar ishtirokchilar qatnashdi.

Hilola Umarova o‘z nutqida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik, birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar hamda ikki tomonlama aloqalarning kundan-kunga rivojlanib borayotgani haqida so‘z yuritdi. 

Konferensiya doirasida Xitoydagi qator ta’lim sohasidagi davlat idoralari va tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling