Valyuta kurslari 26/11/2025
$1 – 11936.89
UZS – -0,43%
€1 – 13769.20
UZS – -0,39%
₽1 – 151.56
UZS – -0,3%
Qidirish
O‘zbekiston delegatsiyasi UNIDO sammitida yangi hamkorlik loyihalarini kelishib oldi

O‘zbekiston delegatsiyasi UNIDO sammitida yangi hamkorlik loyihalarini kelishib oldi

O‘zbekiston delegatsiyasi UNIDO sammitida yangi hamkorlik loyihalarini kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 22–24 noyabr 2025 yillarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shoxrux Gulamov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) Bosh konferensiyasining 21-sessiyasi – Global Sanoat Sammitida ishtirok etdi.

Tashrif doirasida delegatsiya UNIDO Bosh direktorining o‘rinbosari Ciyong Zou, ACWA Power kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Muhammad Abu Nayan, Albawani kompaniyasi rahbariyati, Riyadh Second Health Cluster va King Fahad Medical City tibbiyot majmuasi vakillari hamda Lamar Holding prezidenti bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralarda energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida birgalikdagi loyihalarni ilgari surish va ularni ikki davlatning tegishli vazirliklari hamda kompaniyalari darajasida batafsil ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling