O‘zbekiston delegatsiyasi Rim papasi Leo XIVning taxtga o‘tirish marosimida ishtirok etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 18 may kuni Rim Papasi Lev XIVning rasman lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashdi.
Tadbirda qatnashish uchun butun dunyo bo‘ylab jami 250 ming kishi Vatikan maydoni va uning atrofiga yig‘ildi.
Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov yangi saylangan Rim Papasini tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yo‘lladi.
O‘z navbatida, yangi Rim Papasi O‘zbekiston Rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Marosimda 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari qatnashdi.