O‘zbekiston delegatsiyasi Qobuldagi xalqaro ko‘rgazmada qatnashadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Afg‘oniston Savdo va investitsiya palatasining taklifiga binoan, joriy yilning 17–23 noyabr kunlari Afg‘oniston Islom Amirligining Qobul shahrida o‘tkazilayotgan "Imom Abu Hanifa — 4-milliy va xalqaro ko‘rgazma va savdo yarmarkasi”da “Made in Uzbekistan” milliy stendi bilan ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi qariyb 90 nafar tadbirkordan iborat delegatsiya Qobulga yetib bordi.
Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishdan asosiy maqsad — qishloq xo‘jaligi, konchilik, energetika, taʼlim, qurilish, avtomobilsozlik, sog‘liqni saqlash, turizm, to‘qimachilik va boshqa qator yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini namoyish etishdan iborat.
Ko‘rgazmada 5 000 dan ortiq kompaniyalar – ham ishtirokchi, ham tashrif buyuruvchi sifatida Eron, Qirg‘iziston, Hindiston kabi mamlakatlardan kelgan tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Narx tendensiyalariga kelganda, ko‘rgazma doirasida maxsus tahlil maydonchasi tashkil etilgan bo‘lib, unda ishtirokchi kompaniyalar bozordagi yangi sharoitlar, raqobatchilarning takliflari, o‘rtacha eksport narxlari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar uchun maqbul baholar bo‘yicha maʼlumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tadbir doirasida B2B uchrashuvlar ham tashkil etilib, ishtirokchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes muzokaralar olib borish, yangi sheriklar topish va strategik hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi.