Valyuta kurslari 02/06/2025
$1 – 12790.43
UZS – 0,17%
€1 – 14486.44
UZS – 0,6%
₽1 – 162.60
UZS – -0,02%
Qidirish
Iqtisod 31/05/2025 O‘zbekiston delegatsiyasi Pokiston to‘qimachilik sanoati rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Pokiston to‘qimachilik sanoati rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda mamlakatimiz tadbirkorlaridan iborat delegatsiya Pokistonda bo‘ldi turibdi.

Tashrif doirasida mamlakat to‘qimachilik sohasining yetakchi tashkiloti — APTMA (All Pakistan Textile Mills Association) va yirik sanoatchi kompaniya — Sapphire Textile rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

APTMA — 400 dan ortiq korxonani birlashtirgan, to‘qimachilik eksportining 67% (13 mlrd dollar) ni taʼminlovchi tashkilot hisoblanadi. Sohaning YAIMdagi ulushi 8,5% bo‘lib, u orqali 25 millionga yaqin aholi ish bilan taʼminlangan.

Uchrashuvda innovatsiyalar, kadrlar tayyorlash va xalqaro kooperatsiya yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya Sapphire Textile kompaniyasi bilan ham muloqot olib bordi. Kompaniya mato, uy tekstili va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 30 000 nafar xodim faoliyat yuritadi. Yiliga 54 ming tonna ip kalava va 90 mln kv.m. mato ishlab chiqariladi. Mahsulotlar 35 dan ortiq mamlakatga, jumladan AQSH va YEI davlatlariga eksport qilinadi.

Sapphire o‘z ishlab chiqarishida qayta tiklanuvchi energiya va suv tejamkor texnologiyalardan foydalanadi, shuningdek, bir qator xalqaro sertifikatlarga ega (OEKO-TEX, GOTS, BCI va boshqalar). Asosiy mijozlar orasida Zara, H&M, Walmart kabi yetakchi brendlar bor.

Uchrashuv yakunida kompaniya O‘zbekistonda investitsiya loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirdi va o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling