Valyuta kurslari 18/02/2026
$1 – 12137.86
UZS – -0,44%
€1 – 14379.72
UZS – -0,59%
₽1 – 158.13
UZS – -0,24%
Qidirish
O‘zbekiston delegatsiyasi Mekka Savdo palatasi bilan halyal mahsulotlarning eksport salohiyatini muhokama qildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Mekka Savdo palatasi bilan halyal mahsulotlarning eksport salohiyatini muhokama qildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Mekka Savdo palatasi bilan halyal mahsulotlarning eksport salohiyatini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi birinchi o‘rinbosari Davronbek Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Makka Savdo palatasi bosh kotibi Thamer Albaʼzim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda Makka shahrida bo‘lib o‘tgan “Makkah Halal Forum 2026” ko‘rgazmasining ijobiy natijalari alohida qayd etildi. Davronbek Qurbonov ushbu platforma o‘zbekistonlik halol mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun arab davlatlari bozorlariga chiqishda muhim imkoniyat yaratganini taʼkidladi.

Muzokaralar davomida tomonlar tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qo‘shma tadbirlar tashkil etish zarurligini taʼkidladilar. Xususan, O‘zbekistonda Makka tadbirkorlari ishtirokida biznes-forumlar va B2B uchrashuvlar o‘tkazish taklifi bildirildi va qo‘llab-quvvatlandi.

O‘z navbatida, Thamer Albaʼzim joriy yilda Makka shahrida “O‘zbekiston mahsulotlari haftaligi”ni tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Ushbu platforma ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar takliflarni qisqa muddatda amalga oshirish uchun masʼul shaxslarni belgilash va amaliy ishlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Bu kelishuv O‘zbekiston va Makka o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling