Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniyaning Aqaba shahridagi port infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniyaning Aqaba shahridagi port infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniyaning Aqaba shahridagi port infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov boshchiligidagi delegatsiya Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga ishchi tashrif doirasida port shahri Aqabada bo‘ldi.

Delegatsiya tarkibida yurtimizning yetakchi korxonalari vakillari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Aqaba – mintaqaning muhim transport-logistika markazi bo‘lib, Iordaniyaning taxminan 65% importi va 80% eksporti shu yer orqali amalga oshiriladi. Delegatsiya bu yerda Sanoat erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishdi, rezident kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va Aqaba Special Economic Zone Authority rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.

Alohida e’tibor yiliga 1,3 million konteyner o‘tkazish quvvatiga ega Aqaba Container Terminal portining infratuzilmaviy imkoniyatlariga, shuningdek, zamonaviy logistika va ombor komplekslariga qaratildi.

Tashrif yakunida tomonlar Aqabaning strategik logistika va investitsiya markazi sifatidagi yuqori salohiyatini qayd etib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatdilar va kelgusi hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling