Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston delegatsiyasi Inceon shahrida bo‘lib o‘tgan AFSN yalpi majlisida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Inceon shahrida bo‘lib o‘tgan AFSN yalpi majlisida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Inceon shahrida bo‘lib o‘tgan AFSN yalpi majlisida ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning Inchon shahrida Osiyo sud ekspertiza tarmog'ining (AFSN) Yalpi yig'ilishi va Osiyo Tinch okeani tibbiy-huquqiy agentliklari Assotsiatsiyasining (APMLA) uchrashuvi bo’lib o’tmoqda. Unda Adliya vazirligi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Tadbirning navbatdagi kunida Markaz delegatsiyasi tomonidan AFSN boshqaruv kengashi vitse prezidenti Lee Bong Woo, AFSN boshqaruv kengashi a'zosi - Danilo Alamban Bacas, Sud ekspertiza xalqaro assotsiatsiyasi (IAFS) prezidenti Yanko Kolev, Sidney Texnologiya Universiteti Sud ekspertiza markazi direktori Claude Roux va Coimbra universiteti professori Duarte Vieiralar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda yurtimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma'lumotlar berilib, sud ekspertiza sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Xususan, AFSN boshqaruv kengashi vitse prezidenti - Janubiy Koreya Milliy sud ekspertiza xizmati (National Forensic Service - NFS) rahbari Lee Bong Woo bilan uchrashuv davomida Markaz va NFS o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish imkoniyatlari muhokama etildi va hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Bundan tashqari, Sud ekspertiza xalqaro assotsiatsiyasi (IAFS) prezidenti Yanko Kolev bilan uchrashuv davomida amaldagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda Sud ekspertiza xalqaro assotsiatsiyasining (IAFS) navbatdagi Yalpi yig’ilishida O‘zbekiston Sud ekspertiza muassasalari delegatsiyasining ishtirok etish masalasi muhokama etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling