Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
O'zbekiston delegatsiyasi Hindistonda bo'lib o'tayotgan xalqaro forum doirasida samarali muzokaralar o'tkazmoqda

O'zbekiston delegatsiyasi Hindistonda bo'lib o'tayotgan xalqaro forum doirasida samarali muzokaralar o'tkazmoqda

O'zbekiston delegatsiyasi Hindistonda bo'lib o'tayotgan xalqaro forum doirasida samarali muzokaralar o'tkazmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hindistonda bo'lib o'tayotgan Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (International Electrotechnical Comission - IEC) Bosh Assambleyaning 88-yig'ilishi doirasida O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Ispaniya standartlashtirish uyushmasi o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ispaniya vakillari bilan muzokaralar chog'ida so'nggi yillarda ikki mamlakat o'rtasida turli sohalardagi hamkorlik izchil faollashayotgani ta'kidlandi. Bu esa standartlashtirish tashkilotlarining o'zaro aloqalarini mazmun jihatdan yangi pog'onaga ko'tarishni taqozo etmoqda.

Tomonlar milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg'unlashtirish, xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin sheriklik qilish, zamonaviy yetuk kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi dolzarb masalalarni muhokama qildi.

O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonida yaqin hamkorlik qilish, xususan, soha mutaxassislarining institutsional salohiyatini mustahkamlash, ularning bilim va ko'nikmalarini yuksaltirish yuzasidan kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida ikki tashkilot o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

O'zbekiston delegatsiyasi Yaponiya sanoat standartlari qo'mitasi vakillari bilan ham samarali muzokaralar o'tkazdi.

Tadbir chog'ida ikki davlat o'rtasida standartlashtirish va texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, JETRO va JICA grantlari va texnik ko'magini jalb etish, ilg'or innovatsion yechimlar tatbiq qilish, o'zaro manfaatli loyihalarni kengaytirish bilan bog'liq boshqa masalalar o'rganib chiqildi.

O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Yaponiyaning standartlashtirish sohasidagi tajribasini amaliyotga joriy etish mamlakatimiz standartlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish tizimini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo'lib xizmat qilishini qayd etdi.

O'z navbatida, Yaponiya milliy elektrotexnika qo'mitasi rahbarining o'rinbosari Atsuko Saruhashi O'zbekiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etishdan manfaatdorlik bildirdi. O'zbekistonda standartlashtirish va texnik tartibga solish sohalarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni qo'llab-quvvatladi hamda infratuzilmani takomillashtirish, kadrlar tayyorlash va boshqa yo'nalishlarda aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga tayyorlik izhor qildi.

Uchrashuvda sifat infratuzilmasiga oid barcha yo'nalishlarda keng ko'lamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling