Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekiston delegatsiyasi FAOdagi Hand-in-Hand investitsiya forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi FAOdagi Hand-in-Hand investitsiya forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi FAOdagi Hand-in-Hand investitsiya forumida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rim shahridagi FAO shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan Hand-in-Hand investitsiya forumida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi ishtirok etdi.

Forum doirasida FAOning investitsiya sohasidagi yangi tashabbuslari hamda global qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Jumladan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq joylarda investitsiya muhitini yaxshilash, innovatsion yechimlar va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, forum ishtirokchilari qator xalqaro tashkilotlar va donor institutlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazib, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama etdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling