Valyuta kurslari 25/09/2025
$1 – 12219.08
UZS – 0,39%
€1 – 14379.41
UZS – 0,11%
₽1 – 145.97
UZS – 0,03%
Qidirish
O‘zbekiston delegatsiyasi AQShda Plug and Play bosh ofisiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston delegatsiyasi AQShda Plug and Play bosh ofisiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston delegatsiyasi AQShda Plug and Play bosh ofisiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQShga xizmat safari doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi mamlakatdagi xalqaro yirik akseleratsiya markazlaridan biri hisoblangan Plug and Play kompaniyasining bosh ofisida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov hamda Plug and Play kompaniyasi boshqaruv a’zosi Amir Amidi o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda O‘zbekistonda startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion tashabbuslarni rag‘batlantirish, shuningdek, turizm sohasida raqamli yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi hamda ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Shuningdek, bu yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda tajriba almashishni nazarda tutuvchi hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Plug and Play – Silikon vodiysida (Kaliforniya) joylashgan dunyoning eng yirik innovatsion platformalaridan biri bo‘lib, u minglab startaplar va yirik korporatsiyalar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Kompaniya startaplarning global bozorga chiqishiga ko‘maklashib, investitsiyalar jalb etishda, akseleratsiya jarayonlarida va innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim rol o‘ynaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling