Valyuta kurslari 10/11/2025
$1 – 12060.27
UZS – 0,31%
€1 – 13916.35
UZS – 0,53%
₽1 – 148.87
UZS – 0,49%
Qidirish
O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Savdo palatasida IT sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Savdo palatasida IT sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Savdo palatasida IT sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Savdo-sanoat palatasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda palataning Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bo‘yicha vitse-prezidenti Jennifer Mill ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Google, Meta, Palo Alto Networks, Mastercard, Oracle, Salesforce, Citi, Supermicro, Nexttracker, Playground Global, 500 Global, Vertiv, Mayer Brown, FINN Partners, Synergy International Systems, Axiom Space, Docra, Freedom Holding va ZELH kabi yirik IT-kompaniyalar vakillari qatnashdi.

Suhbat davomida O‘zbekistonda AT-kompaniyalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida amerikalik biznes vakillari ishtirokida maslahatchi guruh tashkil etish hamda “Enterprise Uzbekistan” tashabbusini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, global texnologik gigantlarni (“hyperscalers”) O‘zbekistonga jalb etish uchun zarur infratuzilma, huquqiy baza va shaxsiy ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Davra suhbati yakunida tomonlar sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni joriy etishdan tortib, milliy IT mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlik “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Tadbir yakunida “O‘zbekkosmos” agentligi va AQShning Vast kompaniyasi o‘rtasida kosmik sohada hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling