O'zbekiston Coca-Cola Ichimligi bilan hamkorlikni muhokama qildi
O'zbekiston Coca-Cola Ichimligi bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ltd.” XK MChJ, KPMG kompaniyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari kompaniyaning davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligi masalalarini muhokama qildilar.
Bunda investitsiya muhitini yaxshilash, soliq va moliya jarayonlarini maqbullashtirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha takliflarga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot davomida tomonlar korxonaning bugungi kungi muammolari va ularni hal etish choralarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.
Davlat organlari vakillari, o‘z navbatida, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaldagi choralar haqida ma’lumot berdilar.