O‘zbekiston CITES COP20 doirasida inson–yovvoyi tabiat ziddiyatlarini kamaytirishga qaratilgan tabiatga asoslangan yechimlarni taqdim etdi
O‘zbekiston CITES COP20 doirasida inson–yovvoyi tabiat ziddiyatlarini kamaytirishga qaratilgan tabiatga asoslangan yechimlarni taqdim etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 24-noyabrdan 5-dekabrgacha Samarqand shahrida Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) Tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi (COP20) bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yirik xalqaro yig‘ilish hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va yetakchi olimlarni yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va ekotizimlarni barqaror boshqarish yo‘nalishidagi global sa’y-harakatlarni kuchaytirish uchun birlashtirmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ushbu jarayonda faol ishtirok etib, O‘zbekistonning tabiatni tiklash, yer resurslarini barqaror boshqarish va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarini taqdim qilmoqda.
24-noyabr kuni O‘zbekiston — COP20 mezboni sifatida — FAO, IUCN, ICARDA va O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti hamkorligida, Ekologiya va iqlim o’zgarishi Milliy qo‘mita ko‘magida yuqori darajadagi yondosh tadbirni tashkil etdi. Tadbir “Ekotizimlarni tiklash va tabiatga asoslangan yechimlarni joriy etish orqali inson-yovvoyi hayvonot mojarolarini va yo'qolib ketish xavfi ostidagi turlar savdosi xavfini bartaraf etish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish vaqayta tiklashga ta’sirini baholash (FOLUR) dasturi doirasida O‘zbekiston keng ko‘lamli tabiatga asoslangan yechimlarni (NbS) joriy etmoqda: mitta suv yig‘ish tizimlari, yaylovlarni rekultivatsiya qilish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, hamjamiyatga asoslangan mojarolarni yumshatish usullari. Bu choralar qor barsi, Buxoro bug‘usi, sayg‘oq hamda muhim dorivor o‘simliklar kabi CITES ro‘yxatidagi turlar uchun bosimni kamaytirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonning keskin kontinental iqlimi, suv tanqisligi, yer degradatsiyasi va mavsumiy farqlar fonida bunday yechimlar ekologik barqarorlik uchun alohida ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligi maydonlari dunyo quruqligining 40 foiz ini tashkil etgani bois, ularni tiklash va ekologik xizmatlarini kuchaytirish hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.
Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi amaliy holatlar — suv yig‘ish texnologiyalari, landshaft tiklash tajribalari va mojarolarni kamaytirish bo‘yicha yechimlar taqdim etildi. Mazkur ishlanmalar FOLUR, IUCN va ICARDA ekspertlari hamkorligida ishlab chiqilgan.
“O‘zbekiston tabiatga asoslangan yechimlarning amaliy va kengaytirishga yaroqli bo‘lib, zaif turlarni muhofaza qilish va landshaftlarimizning barqarorligini oshirishda asosiy vosita ekanini ko‘rsatmoqda. Milliy institutlar va xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorligimiz ilmiy asoslangan tiklash ishlarini uzoq muddatli ekologik va iqtisodiy foydaga aylantirmoqda”, deya ta’kidladi FAO ning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov.
Tadbir O‘zbekistonning ekologik yetakchiligini, amalga oshirilayotgan islohotlarni va barqaror yer boshqaruvi bo‘yicha yangi hamkorlik tashabbuslarini ilgari surdi. Qo‘llab-quvvatlovchi materiallarga FOLUR Komponent 3 natijalari, IUCN ROAM baholari, biologik xilma-xillik bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va NbS paketlari kiradi.