Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
O‘zbekiston – Chexiya: mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston – Chexiya: mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston – Chexiya: mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Lubomir Frebort bilan uchrashdi.

Unda Chexiya mehnat bozori uchun O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlash va tashkiliy mehnat migratsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, tibbiyot sohasi mutaxassislari — hamshiralar va qariyalarni parvarishlash bo‘yicha xodimlar tayyorlash imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Maʼlum qilinishicha, Chexiyada O‘zbekiston fuqarolari uchun har yili 150 ta mehnat vizasi kvotasi ajratadi.

Chexiya tomoni tibbiyot kadrlarini xorijda ishlashga tayyorlash bo‘yicha Toshkentdagi o‘quv kurslari faoliyati bilan tanishishga qiziqish bildirdi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishda amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling