O‘zbekiston CAFA musobaqasining guruh bosqichida Ummon, Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan uchrashadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy futbol jamoasi 2025 yilning 29 avgustidan 8 sentyabriga qadar bo‘lib o‘tadigan CAFA Nations Cup turnirining ikkinchi mavsumida “A” guruhida ishtirok etadi.
Jaryob qurʼasi natijalariga ko‘ra, Temur Kapadze shogirdlari guruh bosqichida Ummon, Qirg‘iziston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi. O‘zbekiston termasi turnirdagi ilk o‘yinini 30 avgust kuni Ummonga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi uchrashuv 2 sentyabrda Turkmanistonga qarshi bo‘lib o‘tadi, guruh bosqichidagi so‘nggi bellashuv esa 5 sentyabr kuni Qirg‘izistonga qarshi bo‘ladi.
Shu bilan birga, “B” guruhida Eron, Tojikiston, Afg‘oniston va Malayziya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Guruh bosqichi uchrashuvlari Tojikiston va O‘zbekistondagi ikki stadionda bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning final bahsi O‘zbekiston hududida tashkil etiladi va CAFA Nations Cup ikkinchi mavsumi g‘olibi aynan shu yerda aniqlanadi.