Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
O‘zbekiston Bryusselda “The Global Tourism Forum”da “Eng yaxshi madaniy turizm destinatsiyasi” deb e’tirof etildi

O‘zbekiston Bryusselda “The Global Tourism Forum”da “Eng yaxshi madaniy turizm destinatsiyasi” deb e’tirof etildi

O‘zbekiston Bryusselda “The Global Tourism Forum”da “Eng yaxshi madaniy turizm destinatsiyasi” deb e’tirof etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyev boshchiligidagi delegatsiya Belgiya Qirolligi poytaxti Bryussel shahrida o‘tkazilgan “The Global Tourism Forum” yig‘ilishida ishtirok etdi.

“O‘zgarayotgan dunyoda turizmni qayta talqin etish” mavzusidagi mazkur tadbirda o‘nlab davlatlarning turizmga mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek turizm sohasining faxriy namoyondalari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi global turizm sohasida barqarorlik, investitsiya, ayollar va yoshlar yetakchiligi, texnologiyalar hamda hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. 

Tadbirning ochilish marosimida ishtirokchilarga O‘zbekiston turizm salohiyati, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezidentimiz tashabbuslari ijrosi yuzasidan BMT Turizm bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Barpo etilgan O‘zbekiston milliy stendi yig‘ilganlarning e’tiborini tortdi. 

Mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar e’tirof etilib, O‘zbekiston tadbir tashkilotchilari tomonidan “Eng yaxshi madaniy turizm destinatsiyasi” (“Best cultural tourism destination”) nominatsiyasi g‘olibi deb e’lon qilindi.

Forum doirasida delegatsiya a’zolari Butunjahon turizm tashkiloti - BMT Turizmning yangi saylangan Bosh kotibi Shayxa Al-Novays bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek tadbirda ishtirok etayotgan Yevropa Komissiyasining Turizm va transport bo‘yicha komissari Apostolos Tzitzekostas, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Misr Arab Respublikasining Turizm va Qadimiy yodgorliklar vaziri Sharif Fathiy, TripAdvisor kompaniyasi direktori Jastin Rid bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling