O‘zbekiston Brest shahrida bo‘lib o‘tgan MSAPning 59-sessiyasida raqobat sohasidagi islohotlarni taqdim etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 20–23 oktyabr kunlari Belarus Respublikasining Brest shahrida MDHga aʼzo davlatlarning Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashi (MSAP)ning 59 va Monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzilishi holatlarini birgalikda bartaraf etish bo‘yicha shtabning 45-yig‘ilishlarida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etishdi.
Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashining 22 oktyabr kungi 59-yig‘ilishida Raqobat qo‘mita raisi Halilillo Turaxujayev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga O‘zbekistonda raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va dolzarb o‘zgarishlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Uchrashuvlar ishtirokchilar uchun raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash imkonini yaratdi.