O‘zbekiston bozorida 29 ta kompaniya ustun mavqega ega deb topildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi 29 ta xo‘jalik yurituvchi subyektni mamlakatning tovar va moliya bozorlarida ustun mavqega ega subyektlar sifatida tan oldi.
"Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, muayyan tovarni ishlab chiqarish, sotish yoki xarid qilish bo‘yicha istisno huquqlarga ega bo‘lgan subyektlar avtomatik ravishda o‘z segmentida hukmron deb hisoblanadi.
Ustun mavqega subyektlar qatoriga 4 ta xususiy kompaniya, 15 ta davlat korxonasi va 10 ta davlat muassasasi kiradi. Ular jami 40 turdagi istisno huquqlarga ega.
Ustun deb topilgan kompaniyalar qatorida quyidagilar bor: CRPT Turon, Smart Marketplace, To‘palang HPD Holding, sug‘urta kompaniyasi “O‘zagrosug‘urta”, Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi, “Sharq” nashriyoti, Soliq-servis DUK va boshqalar.
Qo‘mitaning ushbu qarori bozordagi sharoitlarning oshkoraligini taʼminlash va istisno huquqlarga ega subyektlarning raqobat qonunchiligiga rioya etishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.